Ekologiya va salomatlik
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Andijonda atrof-muhit muhofazasi va ekologiyaning inson salomatligiga ta’siri masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Ekologik harakati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Andijon viloyati hududiy bo‘limlari, viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, sog‘liqni saqlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda jamoat tashkilotlari, Ekoharakat faollari, sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.
Prezidentimiz rahnamoligida tabiatni asrab-avaylash, ekologik bioxilma-xillikni saqlash, ekologiyaning inson salomatligiga salbiy ta’siri bilan bog‘liq holatlarning oldini olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
“Ekologiya va biz” mavzusidagi rasmlar ko‘rgazmasi, “Ko‘zingni och” nomli hujjatli film hamda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan “Ekologik sud” deb nomlangan teatrlashtirilgan badiiy dastur namoyishi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tabiat, atrof-muhitni muhofaza qilish, yoshlarning ekologik madaniyati va savodxonligini oshirish, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish borasidagi ishlar samaradorligini, mazkur jarayonda yoshlarning ishtirokini kengaytirish xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirda faol ishtirok etgan yoshlar, mazkur yo‘nalishda samarali faoliyat olib borayotgan Ekoharakat faollari tashkilotchilarning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.