Ekojurnalistika rivojiga bag‘ishlandi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Nukusda barqaror rivojlanishda ekojurnalistikaning o‘rni masalasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Ekologik harakati, YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi, Urganch davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Ekoharakat a’zolari, jurnalistlar va yoshlar ishtirok etdi.
Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, xalqaro huquqiy normalarga, zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiyaga asoslangan samarali ekologik xavfsizlik tizimini yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Mintaqamizda sodir bo‘layotgan ekologik muammolar va ularning yechimi haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni katta. Ekojurnalistika aholini sohaga oid zarur ma’lumotlar bilan keng tanishtirish, muammolar haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish bilan birga, ekomuammolar yechimini topishga da’vat etish, ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Seminarda yurtimizda jurnalist kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich islohotlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
– Bugungi tadbirda atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq masalalar, ekologik muammolar va ularning yechimi haqidagi bilimimiz yanada boyidi, – deydi ekojurnalist Azamat Bekmuratov. – Mutaxassislarning ma’ruzalari, interfaol usulda o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar juda foydali bo‘ldi. Ayniqsa, tabiatdan foydalanishni boshqarish va atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy normalari haqida yanada ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘ldik.
Tadbir doirasida tabiat va unga zarar yetkazayotgan omillar, ekologik muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida hikoya qiluvchi hujjatli film namoyish etildi.