E’ZOZ VA EHTIROMDAN MAMNUN KO‘NGILLAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Hoshimboy ota Tursunov 1924-yil 9-may kuni tug‘ilgan. Shuning uchun xonadonda ushbu sana har yili qo‘shaloq bayram sifatida keng nishonlanadi.
Bu yilgi ayyom arafasida ham viloyat hokimligi, jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla ahli, yoshlar otaxonni uyiga kelib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 72-yilligi munosabati bilan qutladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tabrigi o‘qib eshittirildi, pul mukofoti va boshqa turli sovg‘a-salomlar ulashildi.
Shu kuni ushbu tumanda yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sobirjon ota Badalov xonadoni ham mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi. Prezidentimiz nomidan bayram tabrigi, pul mukofoti va imtiyozli sertifikatni qabul qilib olgan otaxon el-yurtimizga tinchlik-osoyishtalik tilab duo qildi.
O’zA