DMITRIY SHOKIN – JAHON CHEMPIONI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Rossiyaning Chelyabinsk shahrida davom etayotgan taekvondo (WTF) bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida hamyurtimiz Dmitriy Shokin shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash, mamlakatimizning xalqaro maydonda obro‘-e’tiborini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda.
Mamlakatimizning barcha hududida yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi, ularning dunyo sport arenalarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotir. Buning samarasida sportchilarimiz jahon va qit’a chempionatlari, Olimpiya va Osiyo o‘yinlari singari nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishib, yurtimizda mahorat va iste’dod bobida hech kimdan kam bo‘lmagan avlod shakllanganini isbotlamoqda.
Rossiyada o‘tkazilayotgan jahon chempionatida 140 dan ziyod davlatdan eng kuchli taekvondochilar sovrinli o‘rinlar va 2016-yili Braziliyada o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi muhim reyting ochkolari uchun bellashmoqda.
Nufuzli musobaqaning vazni 87 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan taekvondochilar o‘rtasidagi bahslarida Dmitriy Shokin yamaykalik Jeyson Grantni 31:1, italiyalik Leonardo Basileni 8:2, chorak finalda germaniyalik Volker Vodzixni 11:2, yarim finalda kubalik Robelis Despeynni 7:6, hal qiluvchi musobaqada Kot-d’Ivuar vakili Firmin Zokouni 11:10 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Yana bir tajribali sportchimiz Jasur Boyqo‘ziyev vazni 87 kilogrammgacha bo‘lgan taekvondo ustalari bahsida kumush medal bilan taqdirlandi. U finalga qadar serbiyalik Milosh Golubovichni 8:2, italiyalik Karlo Molfettani 9:5, chorak finalda meksikalik Misael Lopesni 3:2, yarim finalda mezbonlar vakili Vladislav Larinni 3:1 hisobida yengdi.
Jahon chempionatining 74 kilogrammgacha bo‘lgan taekvondochilar o‘rtasidagi bahslarida Nikita Rafalovich kumush medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik. Terma jamoamiz hisobida hozircha 1 oltin va 2 kumush medal bor.