BUNYODKORLIK VA OBODONLASHTIRISH – TARAQQIYOTIMIZ VA FAROVONLIGIMIZ IFODASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimiz Termiz shahrida barpo etilayotgan g‘o‘zapoya va qamishdan DSP ishlab chiqarish korxonasi loyihasi bilan tanishdi.
Bunyodkorlik va obodonlashtirish mamlakatimiz taraqqiyoti, farovonligining ifodasidir, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shu bois arzon va sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarishga, bu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berish zarur.
"Termiz ta’minot" mas’uliyati cheklangan jamiyati negizida barpo etilayotgan korxonada yiliga 30 ming kubmetr DSP mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 4,2 gektar maydonda 2,9 million dollar evaziga qad rostlaydigan yangi majmuada 160 ish o‘rni yaratiladi.
Davlatimiz rahbari shu yerning o‘zida “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati va “Komfort inert servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida tashkil etilayotgan granit va gabbro toshlaridan qurilishbop pardozlash plitalari ishlab chiqarish, Termiz mexanika zavodini kengaytirish loyihalari bilan ham tanishdi.
Yiliga 80 ming kvadrat metr granit mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladigan pardozlash plitalari korxonasida 205 ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan Termiz mexanika zavodini kengaytirish loyihasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini arzon, sifatli asbob-uskuna va ehtiyot qismlar bilan ta’minlaydi. Fermer xo‘jaliklari va sohaga ixtisoslashgan korxonalarning elektr dvigatellari, asbob-uskuna va jihozlarini, nasoslarni sifatli ta’mirlaydi. Meva-sabzavot mahsulotlarini tozalab quritadigan qulay va ixcham texnologiyalarni ishlab chiqarib, fermerlarga yetkazib beradi.
Yangi korxonaning to‘la quvvat bilan ishga tushirilishi viloyatda yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash ko‘lamini kengaytirib, zamonaviy usulda qadoqlash va iste’molchilarga yetkazib berishda muhim omil bo‘ladi. Korxonada 80 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.
Prezidentimiz yangi korxonalarni zamon talablariga mos texnologiyalar bilan jihozlash, mahsulotlarni nafaqat ichki bozorga, balki eksportga yo‘naltirish choralarini ko‘rish lozimligini ta’kidladi. Mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
O’zA