"BUNYODKOR" OSIYO CHEMPIONLAR LIGASINING GURUH BOSQICHIGA YO‘L OLDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqdi.
Qit’amiz futbol klublarining nufuzli musobaqasida ishtirok etishning o‘zi katta muvaffaqiyat. Shu bois, har bir bosqich uchrashuvlari murosasiz o‘tadi. Buni Osiyo chempionlar ligasining pley-off bosqichi bahslari ham ko‘rsatdi.
Mazkur bosqichda "Bunyodkor" jamoasi Qatarda "Al-Jaish" mehmoni bo‘ldi. Guruh bosqichiga chiqish istagi kuchli bo‘lgani uchun har ikki jamoa ehtiyotkorlik bilan o‘ynadi. Yo‘l qo‘yilgan har bir xato jamoalarga qimmatga tushishi mumkin edi. Jamoalar asosan himoyaviy o‘yin namoyish etdi. O‘yinning asosiy va qo‘shimcha taymlarida hisob ochilmagach, g‘olib jamoa penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda "Bunyodkor" jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo‘l oldi.
Endi "Bunyodkor" jamoasi "S" guruhida Saudiya Arabistonining "Al-Ahli", Eronning "Zob Ahan" va Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Ayn" klublari bilan raqobatlashadi. Guruh bosqichining birinchi tur uchrashuvlari 21-fevral kuni o‘tkaziladi. Ilk turda "Bunyodkor" safarda "Al-Ahli" mehmoni bo‘ladi. Afsuski, yana bir jamoamiz – Qarshining "Nasaf" klubi Osiyo chempionlar ligasidagi ishtirokini pley-off bosqichida to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Saudiya Arabistonida "Al-Fath" jamoasi bilan bahslashgan "Nasaf" kichik (0:1) hisobda imkoniyatni boy berdi va guruh bosqichiga chiqa olmadi.
O’zA