Boshqirdiston Respublikasi delegatsiyasining O’zbekistonga tashrifi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 1-4-mart kunlari O’zbekistonga Boshqirdiston Respublikasi (Rossiya Federatsiyasi) ishbilarmon guruhlari delegatsiyasining tashrifi bo’lib o’tadi, deya xabar beradi O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.
O’zbeksiton Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan O’zbekiston va Boshqirdiston (Rossiya Federatsiyasi) o’rtasida investitsion va savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini rivojlantirish maqsadida 2015-yilning 1-5-mart kunlari Boshqirdiston Savdo sanoat palatasi vitse-prezidenti Pavel Barmin boshchiligida Boshqirdiston Respublikasi ishbilarmon guruhlarining O’zbekistonga tashrifi rejalashtirilmoqda.
Delegatsiya tarkibi Boshqirdiston Savdo sanoat palatasi, Boshqirdiston Respublikasi Yengil sanoat korxonalari Assotsiatsiyasi, Boshqird savdo Assotsiatsiyasi, yengil sanoat va savdo sohasida faoliyat yurituvchi qator Rossiya kompaniyalari vakillaridan iborat.
Tashrifdan maqsad rus va o’zbek korxonalari o’rtasida ikkitomonlama muzokaralar olib borish, o’zbek korxonalariga tashrif buyurish hamda o’zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish yuzasidan soha korxonalari bilan uchrashuvlar tashkil etishdan iborat.
Shu bilan birga, Rossiya vakillari O’zbekiston korxonalari bilan Boshqirdiston Respublikasi bozoriga tekstil mahsulotlari (mato va paxta tolasi) hamda meva-sabzavotlarni yetkazib berish bo’yicha hamkorlik o’rnatishga qiziqish bildirmoqdalar.