BMT Bosh kotibining o‘rinbosari bilan uchrashuv
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018-yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov 22-noyabr kuni Samarqand shahrida o‘z ishini boshlaydigan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi bosh direktori Maykl Myoller bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT hamkorligining dolzarb masalalari, uning rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Qayd e’tilganidek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chuqur siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar bermoqda.
BMT vakili O‘zbekiston olib borayotgan mintaqaviy siyosatni, respublikaning qo‘shni davlatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qaratayotgan alohida e’tiborini qullab-quvvatlashini bildirdi. “Zamonaviy dunyoda intilish kerak bo‘lgan va eng sezilarli natija beradigan ayni standart mana shudir”, – dedi Maykl Myoller.
Uchrashuv davomida bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishning amaliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.
Suhbatda BMT Rezident-koordinatori, BMT Rivojlanish dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Helena Freyzer ishtirok etdi.