BIZNES UCHUN QULAY IMKONIYATLAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

BMT Taraqqiyot dasturining bahosiga ko’ra, O’zbekiston bugungi kunda biznes yuritishni yengillashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bo’yicha yetakchi o’nta mamlakatdan biridir.
Prezidentimizning shu yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni sohadagi ishlarni yangi bosqichga ko’tarishga xizmat qilmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish yo’lidagi mavjud to’siqlar barham topmoqda. Xususiy mulkning yalpi ichki mahsulotda, xorij sarmoyasi ishtirokidagi ulushini izchil oshirish uchun yanada qulay iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy sharoit yaratilmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasida mazkur farmon ijrosiga bag’ishlab o’tkazilgan seminarda shular xususida so’z yuritildi.
Tadbirda jamiyatimizdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo’lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib borayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va manfaatlari izchil ta’minlanayotgani ta’kidlandi. Buning natijasida sohaning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 56 foizdan oshdi.
Tadbirkorlikni tashkil etish tartibining yanada soddalashtirilgani hisobiga tashkil etilayotgan sub’yektlar soni hamda ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar salmog’i ortmoqda. Ma’muriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish hisobidan tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berilayotir.
Prezidentimiz farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga ko’ra, ho’jalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyatini tekshirish qat’iy tartibga solindi. Tadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilganlik va noqonuniy aralashganlik, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining javobgarligi oshirildi.
Bojxona rasmiylashtiruvi mutaxassislari, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan seminarda ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan atroflicha javob oldi.