Barqaror rivojlanish omili
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasida biologik zaxiralarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish masalalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda tegishli davlat, jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari vakillari, olimlar, ekolog mutaxassislar ishtirok etdi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik islohotlar jarayonida biologik resurslarni muhofazalash, tabiatga inson omilining salbiy ta’sirini kamaytirish, noyob turlarni asrash va ko‘paytirish, ekologik ta’limni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor barqaror rivojlanishga xizmat qilayotir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi “2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Mamlakatimiz boy tabiati va noyob biologik resurslari bilan dunyoning boshqa mintaqalaridan alohida ajralib turadi. Ushbu tabiiy boyliklarni asrab-avaylash, yo‘qolib borayotgan turlarni ko‘paytirish maqsadida yurtimizda davlat qo‘riqxonasi, biosfera rezervatlar, milliy bog‘, buyurtmaxonalar, ovchilik va baliqchilik xo‘jaliklaridan iborat alohida muhofaza etiladigan hududlar barpo etilgan.
O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tegishli davlat va jamoat tashkilotlari, ilm-fan muassasalari bilan hamkorlikda mazkur yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etish maqsadida yurtimiz ekotizimi bioxilma-xilligini saqlash va undan barqaror foydalanish bo‘yicha maxsus loyihani amalga oshirmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad muhofaza etilmaydigan hududlarda biologik xilma-xillikni saqlashga oid chora-tadbirlarda mahalliy aholi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha harakat rejasini ishlab chiqishdir.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Milliy universiteti, Buxoro va Samarqand davlat universitetlari olimlari ekolog mutaxassislar bilan hamkorlikda shu yo‘nalishda hududlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda.
Anjumanda joylarda amalga oshirilayotgan shunday ishlar yuzasidan fikr-mulohaza almashildi. Loyiha doirasida chop etilgan “Biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar” qo‘llanmasining taqdimoti o‘tkazildi.