Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA OAVNING ROLI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA OAVNING ROLI

Toshkentda O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan “Barkamol avlodni tarbiyalashda amalga oshirilayotgan islohotlarni jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalarining roli va vazifalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi.

Markaziy va hududiy bosma ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun tashkil etilgan mazkur seminarda turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori A.Abdullayev, O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi I.Halimbekov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlodga puxta bilim berish, ularni hech kimdan kam bo’lmagan insonlar etib voyaga yetkazish masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

Mamlakatimizda qabul qilinayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik davlat dasturlari yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ma’naviyatini yuksaltirish, turli zararli oqimlar ta’siridan ishonchli himoyalash, qalbi va ongida Vatan taqdiri uchun daxldorlik, ijtimoiy mas’uliyat, faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkam qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2014 yil 6 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori navqiron avlod ta’lim-tarbiyasi, ularning kasb-hunar egallashi, ezgu orzu-maqsadlarini yuzaga chiqarishda yangidan-yangi imkoniyatlarni ochmoqda.

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida nuroniylarning boy hayotiy tajribasidan keng foydalangan holda o’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, fidoyilik, halollik, mehnatsevarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol toptirishga doir ishlar hajmi yanada kengaydi. Bu boradagi amaliy ishlar mamlakatimizdagi bosma va elektron ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritib borilmoqda.

Seminarda ta’lim, bolalar sporti, madaniyat va ma’naviyat sohalaridagi islohotlar jarayoni, yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasidagi amaliy sa’y-harakatlar mazmun-mohiyatini xalqimiz, keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan tahliliy-professional yondashuv talab etilayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir doirasida «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarni faol yoritayotgan markaziy va hududiy OAV tahririyatlariga kompyuter jamlanmalari topshirildi.

WWW.UZA.UZ