Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Bahor ne’matlari

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Bahor ne'matlari

Yo‘l chekkasida bo‘y cho‘zgan giyohlarning foydasiyu xususiyatlari nimalardan iborat ekani haqida ko‘pincha o‘ylab ham ko‘rmaymiz.

Masalan, oftobrang qoqi o‘t uyqusizlik, ateroskleroz kabi xastaliklarni davolashda qo‘l kelsa, ismaloq damlamasi kamqonlik, tomoq, o‘pka, asab kasalliklariga davo sanaladi... Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida keltirilgan bu kabi ma’lumotlar hozir ham zamonaviy tibbiyotda keng qo‘llanib kelinmoqda.

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi bilan hamkorlikda Keksalarni e’zozlash yiliga bag‘ishlab tashkil etilgan “Bahor ne’matlari” nomli ko‘rgazma ham yurtimizda o‘suvchi o‘simliklar, ularning shifobaxsh xususiyatlari haqida hikoya qiladi.

Ko‘rgazmaning ochilishida mamlakatimizda yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida navqiron avlodning ona tabiatga bo‘lgan mehrini oshirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani ta’kidlandi.

350 mingdan ortiq eksponat saqlanayotgan O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi o‘quvchi-yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ona tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, uning ne’matlaridan oqilona foydalanishga undash masalasiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Bunda malakali biolog, ekolog kabi mutaxassislar bilan birga katta tajribaga ega, elda obro‘-e’tibor topgan otaxon va onaxonlar ishtirokida tashkil etilayotgan uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlar kutilgan samaralarni bermoqda.

– Yurtimizda o‘suvchi ko‘plab giyohlarning shifobaxsh xususiyatlari ilmiy izlanishlarda, tibbiyot, farmakologiya, oziq-ovqat sanoati va boshqa turli sohalarda samarali qo‘llaniladi, – deydi muzeyning katta ilmiy xodimi Feruza Akromxo‘jayeva. – Biroq tabiat ne’matlaridan besamar foydalanish, yer, suv resurslarini ifloslantirish o‘simlik dunyosiga ham o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ushbu ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning tabiatga, o‘simlik dunyosiga ehtiyotkorona munosabatini shakllantirishdan iborat.

Ko‘rgazmada shifobaxsh o‘simliklardan namunalar, tabiat manzaralari aks ettirilgan fotosuratlar yosh tabiatsevarlar e’tiboriga havola etildi. Yoshi ulug‘ onaxonlar bahoriy ko‘katlar, ulardan tayyorlanuvchi taomlarning foydali xususiyatlari haqida yoshlarga atroflicha tushuncha berdilar.

Bu kabi ko‘rgazmalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi o‘lkashunoslik muzeylarida ham tashkil etilmoqda.

www.uza.uz