Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“Ayollarni ijtimoiy himoya qilish - O’zbekiston kasaba uyushmalari harakatidagi ustuvorliklardan biri”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“Ayollarni ijtimoiy himoya qilish - O'zbekiston kasaba uyushmalari harakatidagi ustuvorliklardan biri”

Xitoy Xalqaro radiosi (China Radio International) elektron portalida e’lon qilingan maqola ana shunday nomlanadi.

Unda O’zbekistondagi ayollar hayotida mustaqillik yillari haqiqiy gullab-yashnash davriga aylanganligi qayd etiladi. Bu yillar ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirishda, davlat va jamiyat qurilishi masalalarining hal qilinishida ularning o’rni va maqomini oshirishdagi muhim o’zgarishlar zamoni bo’ldi.

“Ayollarni ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya qilish, ularning farovon hayotini yaxshilash uchun har tomonlama zarur shart-sharoitlar yaratish O’zbekiston Respublikasi davlat siyosatining muhim ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi, deya ta’kidlanadi mazkur maqolada. Bu jarayonda Kasaba uyushmalari federatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlarini himoya qilish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadlarda Xotin-qizlar kengashi tuzilgan, tarmoq va hududiy kasaba uyushmalari huzurida esa xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalari faoliyat ko’rsatmoqda. Ular ishchi xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish yuzasidan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, jamoaviy shartnoma va bitimlar ular uchun qo’shimcha imtiyoz va kafolatlarni yaratmoqda.

Respublika Kasaba uyushmalari tomonidan asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida yangi ish boshlayotgan tadbirkor ayollar uchun bepul yuridik maslahatlar yo’lga qo’yish hajmi ortib borayotgani mazkur maqolada alohida ta’kidlanadi. “Shuningdek, “Ishonch telefonlari” orqali ayollarga huquqiy yordam ko’rsatilmoqda. Tashkilotlarda mehnat faoliyatini yuritayotgan va 2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiya qilayotgan yosh ayollarga jamoa bitimlari orqali moddiy yordam ko’rsatilmoqda. Nodavlat tashkilotlarda ishlayotgan ayollar uchun oylik maoshi saqlangan holda haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti belgilangan”, deb xabar beradi Xitoy Xalqaro radiosi.

“Jahon” AA, Pekin