Axborot texnologiyalardan foydalanish etikasini shakllantirishga qaratilgan davra suhbati
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini va Internet tarmog‘idagi kontentni rivojlantirish” Dasturi doirasida ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish yuzasidan olib borilayotgan galdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar, deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.
Davra suhbati “G‘oyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, badiiy, sport, harbiy-vatanparvarlik, milliy o‘yinlar va boshqa yo‘nalishlarda milliy axborot-resurslarini rivojlantirish – bugungi kun talabi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o’qituvchi professorlari ishtirok etdilar.
Yoshlarda g‘oyaviy, ma’naviy, ma’rifiy dunyoqarashlarni shakllantirishda milliy qadriyatlarning o‘rni to‘g‘risidagi suhbatida talabalarga tabiat va inson uyg‘unligi, insonning dunyoqarashining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan omillar to‘g‘risida so‘zlab berildi.
“Milliy o‘yinlar va boshqa yo‘nalishlarda milliy axborot resurslarini rivojlantirish” mavzusida talabalar bilan muloqot olib borildi va ularga uz domenidagi milliy o‘yinlar va milliy axborot resurslari manzillari va ularning ishlash tamoillari bilan tanishtirildi.
Taqdimotlar ko‘rgazmaliligi va amalda keltirilgan misollar bilan boyitilganligi bois tinglovchilar tomonidan yaxshi qabul qilindi va ma’ruzalar yuzasidan qizg‘in savol-javoblarga sabab bo‘ldi.
“Jahon” AA