AVSTRIYANING “STUDIOSUS” JURNALI O’ZBEKISTON SAYYOHLIK SALOHIYATI HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Avstriyaning “Studiosus” jurnalida O’zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag’ishlangan maqola chop etildi.
Materialda dunyoda u haqida ko’p afsonalar yozilgan O’zbekiston kabi biror bir mamlakat yo’q ekanligi ta’kidlanadi.
“Mamlakatga tashrif buyurar ekansiz, jahonga mashxur obidalarni tomosha qilgan holda afsonaviy shaharlar tarovatidan bahramand bo’lishingiz mumkin, - deb yoziladi jurnalda. – Mazkur shaharlarning ko’pchiligi YuNESKOning Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilgan hamda hozirga qadar o’zbek xalqining shonli tarixidan darak berib turibdi”.
Ajoyib sopol bezaklar bilan bezatilgan o’rta asr saroy va maqbaralari, baland va ulug’vor minoralar, betakror masjid va madrasalar, o’ziga xos qizg’in kayfiyat va rang-baranglikka ega sharqona bozorlar, ertakona afsonalar hamda o’zbek xalqining samimiy mehmondo’stligi tashrif buyurgan mehmonlar xotirasida o’chmas taassurot qoldiradi, - deya tasvirlaydi “Studiosus”.
Shuningdek, maqolada O’zbekiston Sharq va G’arbni bog’lovchi savdo yo’llari tutashgan Buyuk ipak yo’li chorraxasida joylashgan ajoyib mamlakat ekanligi e’tirof etiladi. Shu sababli, mazkur yo’ldan nafaqat ipak, oltin va ziravorlar olib o’tilgan, balki turli xalqlar o’rtasidagi yuksak madaniyatlar ham shakllangan.
Maqolada O’zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar yuqoridagi manzaralar bilan bir qatorda sifatli mehmonxona, transport va boshqa sayyohlik xizmatlaridan foydalanishlari mumkinligi eslatib o’tiladi. “O’zbekiston so’nggi yillarda sayyohlik infratuzilmasini tashkil qilish hamda uni modernizatsiyalash borasida ulkan ijobiy natijalarga erishdi”, - deya xulosa qiladi Avstriya jurnali.
“Jahon” AA, Vena