“Ari Roland” kvarteti yana O’zbekistonda keladi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yil 8-13-aprel kunlari Toshkentdagi AQSh elchixonasi Amerikadagi mashhur jaz kvartetlaridan biri bo’lgan “Ari Roland” kvartetini O’zbekistonda yana qarshi oladi.
Birinchi bor ushbu kvartet O’zbekistonga 2009-yili tashrif buyurgan. Bu gal kvartet Toshkentda talabalar, o’qituvchilar va keng jamoatchilik bilan uchrashib, eng yaxshi tajriba va g’oyalarni ular bilan o’rtoqlashadi, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Ari Roland (bas), Stefan Shats (do’mbira), Kris Bayars (tenor-saksofon) va Zaid Naser (alt-saksofon) mazkur kvartetning a’zolari hisoblanadilar.
“Ari Roland” jaz kvarteti (Nyu-York) 1930 va 1950-yillardagi “Jazning oltin yillari” deb nomlanuvchi jaz musiqasidan ilhomlanib, asarlar yaratadi. Uning repertuaridan Charli Parker, Dizzi Gillespi va Billi Holidey kabi afsonaviy jaz ustalariga tegishli musiqalar, shuningdek, kvartet ijodiga mansub qator kompozitsiyalar o’rin olgan.
“Ari Roland” O’zbekiston Davlat konservatoriyasi, Toshkent estrada va sirk kolleji hamda Uspenskiy nomidagi ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida mahorat saboqlari va ijodiy uchrashuvlarda ishtirok etadi. Kvartet Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlar bilan muloqot qiladi. Shuningdek, u “Jazzirama” guruhi, Botir Zokirov nomidagi estrada simfonik orkestri va “Ilhom” teatridagi mahalliy musiqachilar bilan bir nechta ijodiy mashg’ulotlar o’tkazishadi. Joriy yil 9-aprel kuni musiqachilar O’zbekiston Davlat konservatoriyasida shu dargoh talabalari bilan konsert beradi. Kvartetning asosiy konserti esa 12-aprel kuni “Turkiston” saroyida bo’lib o’tadi. Unda Botir Zokirov nomidagi estrada simfonik orkestri hamda “Jazzirama” guruhi ishtirok etadi.
“Ari Roland” jaz kvartetining mazkur gastroli O’zbekistondagi Xalqaro jaz festivali doirasida o’tkaziladi. Ushbu festival YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi, O’zbekiston Davlat konservatoriyasi, O’zbekiston Davlat estrada simfonik orkestri hamda “Ilhom” teatri hamkorligida tashkil etilmoqda. U AQSh, Fransiya va Latviyaning O’zbekistondagi elchixonalari ko’magi va ishtirokida 8-apreldan 8-mayga qadar davom etadi.
“Jahon” AA