“ARI ROLAND JAZZ QUARTET” guruhi musiqachilari bilan ijodiy uchrashuv
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “ARI ROLAND JAZZ QUARTET” guruhi musiqachilari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.
ARI ROLAND JAZZ QUARTET guruhi badiiy rahbari Ari Roland yig‘ilganlarga guruhning shakllanishi tarixi, musiqachilarning musiqiy salohiyati, djaz-guruhi muvafaqiyat bilan ishtirok etgan konsertlar va festivallar haqida so‘zlab berdi. “ARI ROLAND JAZZ QUARTET repertuaridan taniqli djaz ijrochilari asarlari va originalligi uchun tanqidchilar e’tirofiga sazovor bo‘lgan shaxsiy kompozitsiyalarimiz o‘rin olgan,-dedi u. Garchi, biz djazni dunyoda qabul qilingan ana’naviy uslubda ijro etsak-da, bizning talqinimizda hamisha o‘zimizga xosligimiz sezilib turadi”.
Ari Roland Djaz Kvarteti (Nyu-York) djaz-guruhi “Djazning oltin asri” bo‘lmish 1930-50-yillarda mashhurlik shoxsupasida bo‘lgan djaz-musiqasidan ruhlanib, tashkil topgan. Repertuari Charli Parker, Dizzi Gillespi va Billi Xolidey kabi afsonaviy djaz ijrochilari kuylaridan va shaxsiy kompozitsiyalaridan tashkil topgan. Shuningdek, ular djaz musiqasi ijrosi yo‘lida turli guruhlarni birlashtirib xalqaro dasturlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Mazkur guruh Zaid Naser (alt-saksofon), Kris Byarz (tenor-saksofon), Ari Roland (kontrabas) va Stefana Shas (udarnik)lardan tashkil topgan.
Ijodiy kechada Charli Parker, Dizzi Gillespi va Billi Xolideylar kabi mashhur djaz ijrochilarining asarlari yangradi. Albatta, djaz-guruhi o‘z ijod mahsullarini ham tomoshabinlarga taqdim etdilar. Ayniqsa, barchani saksofonda ijro etilgan “Andijon polkasi” kuyi xayratda qoldirdi.
Uchrashuv ishtirokchilari guruh qatnashchilariga ijod va istiqboldagi rejalar hususida savollar bilan murojaat etdilar va mazmunli javoblar oldilar. Do‘stona muhitda o‘tgan ijodiy kecha tomoshabinlarda va musiqachilarda katta taassurotlar qoldirdi.
“Jahon” AA