AQSH DAVLAT KOTIBI YORDAMCHISINING BIRINCHI O‘RINBOSARI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat kotibining harbiy-siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Todd Chapmanni qabul qildi.
Suhbat davomida ikki tomonlama aloqalarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan turli sohalardagi hamkorlikni izchil rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston-AQSh muloqoti konstruktiv hususiyatga egaligi ta’kidlandi.
Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashar ekan Afg‘onistondagi vaziyat va boshqa xalqaro muammolarga alohida e’tibor qaratdilar.
Uchrashuvda AQSh Elchisi Pamela Leora Spartlen ishtirok etdi.