"AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI ARXITEKTURASI" GA BAG’ISHLANGAN ILMIY - AMALIY SEMINAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida "Amir Temur va Temuriylar davri arxitekturasi" ga bag’ishlangan ilmiy - amaliy seminar bo’lib o’tdi. Unda me’morlar, arxitektorlar, kollej o’quvchilari shuningdek, kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxonlar ishtirok etishdi.
Anjumanda qurilish, me’morchilik, dizaynerlikka oid bir qator institutlarimizning professor o’qituvchilari so’zga chiqib, Amir temur va Temuriylar davri arxitekturasining o’ziga xos jihatlarini sanab o’tdilar. Shuningdek, o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etganlar, Amir Temurning bunyodkorlik ishlari, Temuriylar davri me’morchiligidagi bitiklar hususida alohida to’xtaldi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin o’z milliy qadriyatlarimiz, ota-bobolarimizdan qolgan urf-odatlarimizga, qadimgi an’analarimizni qayta tiklashga bo’lgan e’tibor ancha oshdi, jumladan, tarixiy obidalarimizga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Amir Temur va temuriylar madaniyati nafaqat O’zbekiston, balki butun jahon madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo’shganligi barchamizga ma’lum. Amir Temur va Temuriylar davri me’morchiligi, me’morchilik tarixida ma’lum darajada tahlil etilgan. Amir Temur dastlab, Samarqand shahrini o’z davlatining poytaxtiga aylantirdi va bu yerda ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi. Uning Samarqand shahrini qayta qurish g’oyalari keyinchalik Buxoro, Shahrisabz, Shohruhiya, Binkent, Baylaqon, Hirot, Marv va boshqa shaharlarga tarqaldi. Buyuk Sohibqiron davrida binolarni mahobatli, naqshinkor, majmua tarzida qurish san’ati yuzaga keldi va rivoj topdi.
"Jahon" AA