Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ALISHER NAVOIY VA XXI ASR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ALISHER NAVOIY VA XXI ASR

Ezgulik va yovuzlikning azaliy kurashi keskinlashgan, umumbashariy qarashlar tizimida chuqur evrilishlar yuz berayotgan, «ommaviy madaniyat» niqobi ostidagi zararli g‘oyalar inson ma’naviyatini yemirishga urinayotgan bugungidek murakkab globallashuv sharoitida – XXI asrda buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning zamon va makon bilmas badiiy zakosiga har qachongidan ham ko‘proq ehtiyoj sezilmoqda. Benazir ajdodimiz asarlari hayot qomusi kabi hamisha to‘g‘ri yo‘lning yorug‘ manzilini ko‘rsatadi, egri yo‘lning ayanchli oqibatlaridan saboq beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida tashkil etilgan «Alisher Navoiy va XXI asr» mavzuidagi ilmiy-nazariy anjumanda bu jihatlar yana bir karra o‘z ifodasini topdi. Ulug‘ shoir tavalludining 576-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizdagi davlat va jamoat tashkilotlari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, turli mamlakatlardan navoiyshunos olimlar, adabiyotshunoslar, yozuvchi va shoirlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Majid Karimov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Kiziltoprak Sulaymon va boshqalar O‘zbekistonda ma’naviyatni yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar silsilasida Alisher Navoiyning inson kamoloti haqidagi hayotbaxsh g‘oyalaridan yoshlar ma’naviyatini boyitishda yanada unumli foydalanish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylanganini ta’kidladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Alisher Navoiyga nisbatan ulkan ehtiromini namoyon etdi. Bugun bu ezgu ishlar katta g‘ayrat-shijoat bilan izchil davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishlarida Navoiy hikmatlarini barchamizga eslatayotgani, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgani ziyolilarimizni yanada ruhlantirmoqda.

Mamlakatimizda Alisher Navoiy ijodini chuqur o‘rganish borasida izchil izlanishlar olib borilmoqda. So‘nggi yillarda ulug‘ shoirning 20 jildlik mukammal, 10 jildlik to‘la asarlar to‘plami nashr etildi.

Ko‘plab xorij mamlakatlarida shoir asarlari turli tillarda nashr etilmoqda, badiiy va ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar o‘tkazilmoqda. Tokio, Moskva, Boku kabi shaharlarda Navoiy bobomizning muazzam haykallari qad rostlab turibdi. Merkuriy planetasidagi kraterlardan biri ham buyuk mutafakkir nomi bilan ataladi.

Anjumanda navoiyshunoslikning dolzarb masalalari besh sho‘bada muhokama qilindi. “Alisher Navoiyning ilmiy merosi va matnshunoslik masalalari” seksiyasida buyuk shoirning lirik merosi matnshunosligi, «Muhokamat ul-lug‘atayn»ning tanqidiy matnini tuzish, Qo‘qon adabiyoti muzeyida saqlanayotgan Alisher Navoiy asarlari qo‘lyozmalarini tadqiq etishning dolzarb jihatlari qamrab olingan. «Alisher Navoiyning adabiy merosi va tarjimai holi bilan bog‘liq masalalar» sho‘basida Navoiy she’riyatining o‘ziga xos jihatlari, uning tarbiyaga doir qarashlari, «Farhod va Shirin» dostonida dengiz xronotopi kabi qiziqarli badiiy-nazariy mavzularda fikrlashildi.

Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qancha ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz.

Alisher Navoiy asarlari nafaqat o‘zbek xalqining, balki butun insoniyatning ma’naviy merosidir. Badiiy tafakkur qonuniyatlaridan boxabar inson borki, ularning inson tasavvuri va tafakkuridagi noyob badiiy-estetik hodisa ekanini tan oladi. “Alisher Navoiy ijodining jahon tamaddunidagi o‘rni, shoir asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish masalalari” sho‘basida bu jihatlar yana bir karra ta’kidlandi. Mazkur seksiyada Navoiy asarlaridagi tarixiy shaxslar va davlatchilik g‘oyasi, “Majolis un-nafois”ning turk tazkirachiligiga ta’siri, shoir asarlarining jahon tillariga tarjimalari, xususan, ularning Fransiyada o‘rganilishi, temuriylar davridagi olima ayollar faoliyati kabi mavzular muhokama qilindi.

– Bugun Alisher Navoiy asarlarining turk, fors, rus, ingliz, fransuz va boshqa tillarga tarjimalarini hamda tadqiqotlarini jamlasa, yuzlab jild kitob bo‘ladi. Navoiy asarlarining tili bo‘yicha bir necha o‘nlab lug‘atlar tuzilgan, – deydi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professori Ahmadjon Quronbekov. – Biroq bu borada hali qilinishi lozim ishlar ancha. Navoiy so‘z boyligi mavjud lug‘atlarda to‘la qamrab olinmagan, aslida har bir so‘zning ma’nolari baytma-bayt qayd etilib, to‘liq izohli lug‘at ishlab chiqilishi lozim. Navoiy asarlarining transkripsiya tizimi ishlab chiqilsa, bu merosdan butun jahonda foydalanish imkoniyati kengayadi.

Ilmiy-nazariy anjuman bilan mamlakatimizda Alisher Navoiy ijodini targ‘ib etish borasidagi yangi konferensiyalar turkumi boshlab berildi.

O’zA