Aholi salomatligini asrash yo‘lida
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Onkologik kasalliklarning oldini olish, diagnostika va davolashning ilg‘or usullarini joriy etish jahon tibbiyotining dolzarb muammolaridan biridir.
Mamlakatimizdagi tibbiy-ilmiy markazlar, klinikalar, birlamchi tibbiyot muassasalarida ushbu yo‘nalishda keng ko‘lamli ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda o‘ziga xos tibbiy-profilaktika tadbirlari ham amalga oshirilmoqda.
Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 10-oilaviy poliklinikada o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik shunday tibbiy-ijtimoiy loyihalardan biri bo‘ldi. Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi, shahar onkologiya dispanseri hamkorligida tashkil etilgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad tibbiy-profilaktika yordami sifati va samaradorligini oshirish, onkologik kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash va inson salomatligini asrashdir.
Mazkur oilaviy poliklinikada bir yuz o‘n nafardan ortiq umumiy amaliyot shifokori va patronaj hamshira faoliyat ko‘rsatadi. 2013-yilda barpo etilgan shifo maskanida birlamchi tibbiy-profilaktika yordami ko‘rsatish bo‘yicha barcha zarur sharoit yaratilgan. UZD, EKG apparati, yangi diagnostika vositalari bilan jihozlangan klinik laboratoriya chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarni yuqori saviyada tashkil etish imkonini bermoqda.
O‘sma kasalliklari profilaktikasiga bag‘ishlangan tibbiy ko‘rikda oilaviy poliklinika shifokorlariga Toshkent shahar onkologiya dispanseri, tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari yaqindan ko‘mak berdi.
– Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikka hududdagi aholi jalb etildi, – deydi oilaviy poliklinika bosh shifokori Maryam Abdullayeva. – Tibbiy tekshiruvlar jarayonida UZD va zamonaviy laboratoriya imkoniyatlaridan samarali foydalanildi. Natijada ixtisoslashgan tibbiy yordamga muhtojlarga klinik shifoxonalar va dispanserlarga yo‘llanmalar berildi. Birlamchi kasallik aniqlanganlar umumiy amaliyot vrachi va patronaj hamshira nazorati ostida tegishli tartibda sog‘lomlashtiriladi.