AFG‘ONISTON ELCHISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasininng Favqulodda va Muxtor Elchisi Mohammad Sadiq Daudzayni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan qo‘shma iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama siyosiy aloqalar hamda turli darajadagi boshqa uchrashuvlar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda mamlakatimizdagi o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Afg‘oniston Elchisining sermahsul faoliyati qayd etildi hamda davlatlararo aloqalarni kengaytirishga qo‘shgan hissasiga ijobiy baho berildi.
O‘z navbatida, Mohammad Sadiq Daudzay O‘zbekistondagi missiyasini muvaffaqiyatli bajarish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.
mfa.uz