28 IYUL - WORLD HEPATITIS DAY
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Gepatit virusi insoniyat salomatligi uchun eng asosiy xavflardan biri hisoblanadi. Har yili 28 iyul kuni ko’p davlatlarda dunyo bo’yicha gepatitga qarshi kurash o’tkaziladi. Ushbu sanada belgilangani sababi, Nobel mukofoti laureati, B Gepatit virusini aniqlagan Amerikalik shifokor Samuyel Baruxning tug’ilgan kuni hisoblanadi.
2008 yil ilk marotaba xalqaro gepatitga qarshi kurash tashkiloti tashabbusi bilan o’tkazilgan. 2011 yil butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ushbu sanani o’z taqvimiga kiritdi, va shu orqali butun jahon gepatitga qarshi kurashish kuni o’z maxsus maqomiga ega bo’ldi. Ushbu kunda butun jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti turli davlat shifokorlariga har xil suhbatlar olib borish, insonlarga gepatit virusi va uning kasallikka olib borish yo’llarini oldini olish haqida tushuntirish kerakligini maslahat berishadi.
Gepatit deganda biz jigarning yallig’lanishini tushunamiz. Uning kelib chiqish sabablari judayam ko’p. Lekin 70-80 foiz bemorlarda surunkali gepatitni V, S, D viruslari chaqiradi. Qolgan 30 foizida viruslar chaqirmagan sabablar gepatitni yuzaga keltiradi. Shu paytgacha xalq tabobatida ishlatiladigan dori-darmonlar virusni yo’qotishga yordam bermagan. Viruslar shunaqangi usta-mug’ombirki, jigarning ichiga judayam mustahkam joylashib oladi. Ularga ta’sir qiladigan dori vositalari judayam kam.
Lekin, ma’lumki, surunkali gepatit V ko’proq o’t yo’li, oshqozon osti bezi yoki 12 barmoq ichakning yallig’lanishi bilan kechadi. Shu holatlarda, albatta, xalq tabobatida ishlatiladigan o’t haydovchi moddalar yordam beradi. Biroq ular asosga, ya’ni virusga ta’sir qilmaydi. Davolashning asosiy maqsadi - organizmdan virusni chiqarib yuborish. Shuning uchun birinchi o’rinda virusni quvadigan dorilarni qo’llash lozim. Qolgan gepatoprotektorlar, ya’ni jigarni himoya qiluvchi dori-darmonlar ikkilamchidir. Bu ularni ishlatmaslik kerak, degani emas. Masalan, oddiy qilib tushuntirilsa, agar barmog’imizga zirapcha kirsa, uni olib tashlamaguningizcha qiynayveradi, yiringlayveradi, to’g’rimi? Shuning uchun ham birinchi navbatda kasallikning sababchisiga ta’sir qilish lozim, ya’ni o’sha zirapchani olib tashlash kerak. Xuddi shunga o’xshab gepatitlarda ham agar sabab bartaraf etilmasa, virusni chiqarib yuborishning iloji bo’lmagan taqdirda ham uning miqdorini kamaytirish, jigarga bo’layotgan ta’sirning susayishida katta ahamiyat kasb etadi.
Butun jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti xabar berishicha, gepatit dunyo bo’yicha 2 milliard insonni zararlagan. Bazi shaharlarda A gepatit virusi bilan aholining katta qismi kasallangan, istiqomat qiluvchilarning 10 qismi B va S gepatit virusidan zararlanganlar hisoblanishadi. Jigar to’qimasinng kasallanishi gepatit deyiladi. Gepatit virusi-ajralib turadi, jigar to’qimalarida ko’payishi mumkin bo’lgan virus chaqiradi. Turli viruslar orqali ko’paygan gepatitlar, har xil yo’l bilan yuqishi mumkin. Shu bilan birga Serroz va Rak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi kuchli jigar xastaligiga ham chalinish mumkin. Gepatitdan 2 usul bilan himoyalanish mumkin. Birinchidan, gigiyena qoidalariga rioya qilish natijasida A va E viruslaridan himoyalanish mumkin, qon quyishda ehtiyotkor bo’lish lozim. Ikkinchidan, emlash qilish ham mumkin. Ikkala aytib o’tilgan usullar gepatitdan zararlanish, kasallanishning oldini oladi.