Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

2017 YIL OXIRIGA QADAR RAQAMLI TELEVIDENIYE BUTUN O’ZBEKISTON HUDUDINI QAMRAYDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
2017 YIL OXIRIGA QADAR RAQAMLI TELEVIDENIYE BUTUN O'ZBEKISTON HUDUDINI QAMRAYDI

O’zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati axborot xizmatining xabar berishicha, 2017 yil oxiriga qadar O’zbekiston to’liq raqamli televideniyega o’tadi. Hozir paytda u mamlakatimizda 54 foizni tashkil etadi.

Bu jarayon O’zbekiston prezidentining 2012 yil 17 aprelidagi “O’zbekiston Respublikasida raqamli teleuzatishga texnik va texnologik o’tish bo’yicha davlat dasturi to’q’risida”gi qaroriga ko’ra amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatda DVB-T standartidagi 22 dona raqamli televedeniye uzatkich o’rnatilgan. Ular O’zbekiston aholisining 54 foizini raqamli televideniye xizmatlari bilan ta’minlab kelmoqda.

2015 yili hukumat tomonidan “O’zbekiston Respublikasi yer usti raqamli uzatish tarmoq’ini rivojlantirish” investitsion loyihasi tasdiqlandi. U Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining mahalliy banklar bilan konsorsiumida amalga oshiriladi. Loyiha qiymati 73.63 mln dollarni tashkil qiladi.

Birinchi bosqichda (2015-2016) viloyat markazlari va aholi ko’p hududlarda 90ta yuqori quvvatli raqamli teleuzatkichlar o’rnatish ko’zda tutilgan. Ularning yordamida aholining 98 foizi raqamli televideniye bilan ta’minlanadi.

Ikkinchi bosqichda (2016-2017) uzoq va aholi kam hududlarda 404 kam quvvatli uzatkichlar o’rnatiladi. Bunda sun’iy yo’ldosh xizmatlariga murojaat qilinadi. Ikkinchi bosqichning yakunlanishi natijasida aholining 100 foizi raqamli televideniye bilan ta’minlanadi.

«Jahon» AA