Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

2016 YILDA DAVLAT STATISTIKA ORGANLARINING "ISHONCH TELEFONLARI"GA 145 TA MUROJAAT KELIB TUSHGAN

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
2016 YILDA DAVLAT STATISTIKA ORGANLARINING "ISHONCH TELEFONLARI"GA 145 TA MUROJAAT KELIB TUSHGAN

Davlat statistika qo’mitasining matbuot xizmati xabariga ko’ra, Davlat statistika organlarida tashkil etilgan “Ishonch telefonlari” va ularga 2016 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili o’tkazildi.

Davlat statistika organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni qiziqtirgan savol va murojaatlariga malakali javob va maslahatlar berilishini ta’minlash, joylarda faoliyat yuritayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda yuzaga kelgan muammolarni tezkor ravishda hal etish orqali tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish va korruptsiya holatlarini oldini olish maqsadida, Davlat statistika qo’mitasi markaziy apparatida va barcha hududiy statistika boshqarmalarida “Ishonch telefonlari” tashkil etilgan.

“Ishonch telefonlari” to’g’risidagi ma’lumotlarni joylardagi jismoniy va yuridik shaxslarning e’tiboriga keng miqyosda yetkazilishini ta’minlash maqsadida, ushbu ma’lumotlar davlat statistika organlarida tashkil etilgan ko’rgazmali stendlarga joylashtirilgan, shuningdek bu haqda ommaviy axborot vositalarida, Qo’mita va hududiy statistika boshqarmalari rasmiy veb-saytlarida, tadbirkorlar hamda aholi o’rtasida tashkil etilayotgan seminar-uchrashuvlarda va “Ochiq eshiklar kunlari”da muntazam ravishda e’lonlar berib borilmoqda.

Davlat statistika organlarida tashkil etilgan “Ishonch telefonlari” orqali jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish, ko’rib chiqish, shuningdek zarur hollarda kelib tushgan muammolarni tezkor hal etish uchun malakali mutaxassislar jalb etilgan bo’lib, kelib tushayotgan murojaatlarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va har tomonlama puxta ko’rib chiqilishi hamda o’z vaqtida murojaat mualliflariga asosli yozma javoblar yuborilishi ta’minlanmoqda.

Davlat statistika qo’mitasi tomonidan davlat statistika organlarida tashkil etilgan “Ishonch telefonlari”ga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko’rib chiqilishi hamda har bir murojaatni maksimal darajada qanoatlantirilishi yuzasidan doimiy ravishda monitoring olib borilmoqda.

Shuningdek, “Ishonch telefonlari”ga kelib tushgan murojaatlar muntazam ravishda tahlil etilib, ularni yuzaga kelish sabablari chuqur o’rganib borilmoqda.

Jumladan, 2016 yil davomida davlat statistika organlarining “Ishonch telefonlari”ga jismoniy va yuridik shaxslardan 145 ta murojaat kelib tushgan bo’lib, ularning asosiy qismi, ya’ni 85,5 foizini davlat statistika organlariga taqdim etilishi lozim bo’lgan davlat statistika hisobotlari shakllari, ularni to’ldirish, taqdim etish tartibi va muddatlari bo’yicha murojaatlar tashkil etadi.

Bundan tashqari, 2016 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan:

  • korxonaning kichik tadbirkorlik sub’ektiga mansubligini aniqlash;
  • statistik tasniflagichlar bo’yicha tushuntirish berish;
  • korxonalarda tanlanma statistika kuzatuvlarini o’tkazish tartibi;
  • o’zlari statistika organlariga taqdim etgan hisobotlardan nusxa olish;
  • davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzganda mansabdor shaxslarga nisbatan ko’riladigan choralar;
  • kichik korxona va mikrofirmalarning yirik korxona toifasiga o’tish tartibi;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat statistika hisobotlarini taqdim etishi yoki taqdim etmasligi bo’yicha tushuntirish berish;
  • tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatiga olish va chiqarish tartibi to’g’risida o’zlarini qiziqtirgan savollar bo’yicha murojaatlar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga malakali mutaxassislar tomonidan zarur ma’lumot va tushuntirishlar berilgan, o’z navbatida murojaat egalarining 86,9 foiziga 1-4 kun ichida, 12,4 foiziga 5-10 kun va 0,7 foiziga 12 kun ichida javob xatlarini shaxsan topshirilishi yoki ularning yuridik (yashash) manzillariga javob xatlari yuborilishi ta’minlangan.

Davlat statistika organlari tomonidan “Ishonch telefonlari”ga kelib tushgan murojaatlarning ko’rib chiqilishi borasida amalga oshirilgan ishlar ahvoli Hay’at (Kengash) yig’ilishlarida muntazam ravishda muhokama etilib, tizim organlarida “Ishonch telefonlari”ning uzluksiz va samarali faoliyatini tashkil etish, murojaatlarni tezkor va malakali ravishda ko’rib chiqilishini hamda murojaat egalariga amaliy yordam berilishini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar belgilab borilmoqda.

UzReport