2 aprel - Xalqaro bolalar kitoblari kuni
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ushbu kunda bolajonlar ishtirokida turli-tuman tadbirlar uyushtirilib, maktab, litsey va kollejlarda bolalar adiblari bilan uchrashuvlar, kitoblar ko’rgazmalari hamda bayram dasturlari tashkil etiladi.
Shuningdek, bolalarning ma’naviy dunyosini yanada boyitish mavzusiga bag’ishlangan anjumanlar va ilmiy-amaliy konferensiyalar ham o’tkaziladi. Shunday tadbirlardan biri poytaxtimizdagi Respublika bolalar kutubxonasida bo’lib o’tdi.
Tadbirda yosh kitobxonlarga o’zbek va jahon adabiyoti xazinasidan saralab olingan asarlar, xususan she’rlar, qissalar, ertaklar, afsona va rivoyatlar shuningdek zamonoviy adabiy jarayon bilan ham yaqindan tanishtirildi.
Xozirda o’quvchilarga sifatli va xozirgi zamon talablari asosida xizmat ko’rsatish , ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida jaxon axborot resurslari va yangi texnologiyalar vositasidan foydalanish keng yo’lga qo’yildi. Jumladan , kutubxona tomonidan tashkil etilgan www kitob.uz sayti bo’limlari va undagi ma’lumotlar bazasi yanada boyitib borilmoqda. Saytdan kundalik foydalanuvchilar soni xozirgi kunda o’rtacha 4 000 nafardan 5 500 nafarni tashkil etmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida mamlakatimizda matbaa mahsulotlarining xalqaro talablarga muvofiq bo’lishini ta’minlash, bolalar adabiyotini rivojlantirish, o’kuv adabiyotlari va darsliklarning sifatini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Yurtimiz nashriyot-matbaa ijodiy uylari tomonidan chop etilayotgan bolalar kitoblari xalqaro darajada ham e’tirof etilmoqda. Agar kitoblar to’g’risidagi qiziqarli ma’lumotlarga etibor qaratsak Londondagi birinchi xalk kutubxonasiniig asoschisi S.Fenkorning talabi bilan kitob varaqlariii buklagan kishilarga nisbatan jazo chorasi ko’llanilgan. Qonunga ko’ra aybdorlar 7 yil qamoqqa xukm qilingan.
Shuningdek eng ko’p jildli kitob «Fransuz ensiklopediyasi» bulib u 1200 jilddan iborat. Yana bir ma’lumot Markaziy Osiyo xalqlari kitobni qadim-qadimdan e’zozlab kelishgan Ushbu hududdagi dastlabki kutubxona eramizning 2-asrida Xorazmda faoliyat ko’rsatgan.